Qurilish, kommunal soha obyektlari deputat nazoratida

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati O‘. O‘rozboyev tomonidan Do‘stlik tumanida issiqlik ta’minoti korxonalari tariflarining qayta ko‘rib chiqilishi, ularning xususiy sheriklikka berilishi hamda moliyaviy sog‘lomlashtirilishi borasida amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qilish maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10 apreldagi PQ-118-sonli qaroriga asosan tumanda 25 ta ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimi ko‘mir yoqilg‘isiga o‘tkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Do‘stlik tuman Chinobod MFY hududida “Yangi O‘zbekiston” massivi tashkil etilib, Har biri 20 xonadondan iborat 2 ta 5 qavatli uy foydalanishga topshirilgan. Bundan tashqari, xuddi shunday yana 9 ta 5 qavatli uylarning qurilish ishlari davom etmoqda. Deputat ishtirokida tumanda tanlov asosida hududlardagi qurilishlarda shaharsozlikka oid qonun hujjatlariga, xususan shaharsozlik normalari va qoidalariga, davlat standartlariga rioya etilishi holatlari o‘rganildi.

O‘rganishlar so‘nggida aniqlangan xato va kamchiliklar yuzasidan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish