Partiyamiz safi yoshlar bilan yanada kengaymoqda

 

O‘zbekiston XDP Farg‘ona viloyati kengashi Yoshlar ishlar agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda “Deputat va yoshlar” uchrashuvini o‘tkazdi.

Unda viloyat va mahalliy Kengashlarga partiyadan saylangan deputatlar, shahar, tumanlar kengashlari raislari, partiya faollari va yoshlar ishtirok etishdi.

Uchrashuv orqali aholini ijtimoiy himoya qilishda yangi innovatsion g‘oya va tashabbuslarga asoslangan loyihalarni amalga oshirish, iste’dodli yoshlarni qo’llab-quvvatlash va ularning ijodiy, siyosiy imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsad qilingan. Shuningdek, yoshlarni qonun ijodkorligi jarayoniga keng jalb etib, ularning muhim tashabbus va takliflarini olish ham nazarda tutilgan edi.

Tadbirda mazkur masalalar muhokama qilinib, partiya g‘oyalari tushuntirildi. Bunga qiziqish bildirgan bir guruh yigit-qiz partiya safiga yangi a’zolar qabul qilindi.

Shu bilan birga, ochiq muloqotlar davomida deputatlar yoshlarning savollariga javob berdi. Kim qaysi sohani tanlashidan qat’iy nazar, o‘sha ishni chin dildan sevib qilish kerakligi ta’kidlandi. Ilm izlash, olingan bilim va ko‘nikmalarni hayotga tatbiq etish lozimligi haqida tavsiyalar berildi va ko‘plab tashabbuslar ilgari surildi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Men OʻzXDPni tanladim Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish