Ayollar maslahatxonalari faoliyati o‘rganildi

 

O‘zbekiston XDP Namangan shahar kengashi tomonidan Davlatobod tumani “Quyi G‘irvon” MFY hududida joylashgan 18-Oilaviy poliklinika bilan hamkorlikda “Sog‘lom ona-sog‘lom oila” loyihasi doirasida aholi, jumladan, xotin-qizlar salomatligini mustahkamlash, turli xil kasalliklarni erta aniqlash va oldini olish, ayollar va o‘smir qizlarni sog‘lomlashtirish maqsadida mutaxassis shifokorlarni jalb qilgan holda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalardagi ayollar, bolalar va pensionerlar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Bundan tashqari 2022-yil 26-yanvardagi PQ 102-son “Endokrinologik xizmatni takomillashtirish va kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini bajarish maqsadida viloyat endokrinologiya shifokorlari Abdulahad Obidov va Azizbek Akbarovlar tomonidan ortiqcha vazn, qandli diabet va yod tanqisligi holatlari bo‘yicha bepul skrining tekshiruvlari o‘tkazildi.

Tibbiy ko‘rik davomida onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash, ularga tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini oshirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar, ayollar va o‘smir qizlarni sog‘lomlashtirish hamda bo‘lajak onalarning reproduktiv salomatligini yaxshilash maqsadida birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalarida tashkil etilgan ayollar maslahatxonalari faoliyati ham o‘rganildi.

 

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish