Bayram arafasida yangi boshlang‘ich partiya tashkiloti tuzildi
O‘zbekiston XDP Kasbi tuman kengashi tomonidan 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Unda tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida faoliyat ko‘rsatayotgan bir guruh faol xotin-qizlar partiyaga qabul qilinib, bayram sovg‘alari ulashildi.
Tadbirda Kasbi tuman partiya kengashi raisi, deputat S. Hamroyev so‘zga chiqib, yangi tashkil etilgan boshlang‘ich partiya tashkiloti a’zolarini partiyaga a’zolik hamda bayram bilan tabrikladi.