Ellikqal’ada mehnat yarmarkasi o‘tkazildi

 

Aholini qiynayotgan masalalarni o‘rganish, fuqarolarga huquqiy maslahatlar berish, aholi bandligini ta’minlash maqsadida Ellikqal’a tumanida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil qilindi.

Unda Ellikqal’a tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi, O‘zbekiston XDP Ellikqal’a tuman kengashi vakillari va hudud aholisi ishtirok etdi.

Yarmarkada jami 53 ta korxona, tashkilot va muassasalar o‘zlaridagi mavjud 296 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi. Yarmarkaga jalb qilingan 127 nafar ish izlovchi fuqarolardan 20 nafariga doimiy ish, 21 nafariga esa mavsumiy, ya’ni jamoat ishlarida ishlash uchun yo‘llanmalar berildi. Bundan tashqari, 15 nafar fuqarolar qayta kasbga o‘qitish uchun yuborildi. 7 nafar ish izlovchiga ishga joylashishi yuzasidan kerakli maslahatlar berildi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish