O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Yangiariq tuman kengashi va Xalq deputatlari Yangiariq tuman Kengashi deputati Azizbek Jabbarov tomonidan tumandagi «Qo‘riqtom» mahallasidagi 5-sonli maktabda «Aholi bilan muloqot muammolarning samarali yechimi» mavzusida saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda ishtirokchilarga mavjud muammolarning yechimi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berib o‘tildi. Fuqarolar tomonidan ijtimoiy sohaga oid bazi masalalar bildirildi.
Jumladan, «Qo‘riqtom» mahallasi «Mash’al» ko‘chasiga ichimlik suvi o‘tkazilmaganligi sababli aholi qiynalayotganligi, «Ulliyop» ko‘chasida elektr simlarini yaxshilash uchun yangi transformator o‘rnatish lozimligi haqida murojaatlar bo‘ldi. Ularning yechimi yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari chiqarilib, mazkur masalalar deputat nazoratiga olindi.