Uch avlod uchrashuvi

 

Uzun tumanidagi 1-sonli umumta’lim maktabida “Uch avlod uchrashuvi” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, "Nuroniy" jamg‘armasi tuman bo‘limi, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi, Maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limi, tuman Nuroniy jamoatchilik kengashi, mehnat faxriylari, faol nuroniylar partiya faollari hamda yoshlar ishtirok etdi.

Uchrashuvni O‘zbekiston XDP Uzun tuman kengashi deputati B. Toshboyev ochib berib, bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yurtimizda go‘zal an’anaga aylangani, mamlakatimizda inson qadriga yuksak e’tibor berilib, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan jamiyatimizning har bir a’zosiga g‘amxo‘rlik, mehr-oqibat ko‘rsatilayotgani, inson qadr-qimmati, uning orzu-niyatlarini ro‘yobga chiqarishga imkoniyat yaratib berish ustuvor vazifaga aylanganini ta’kidladi.

Tadbirda mehmonlar yoshlarga o‘zining bosib o‘tgan hayot yo‘li, mehnat faoliyati davomida to‘plagan boy tajribasi, yoshlik davridagi o‘ziga xos qiyinchiliklar, mashaqqatlar haqida so‘zlab berishdi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Faxriy Jamoatchilik qabulxonasi Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish