Parlamentda “Ochiq eshiklar kuni”

 

Bugun O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashi tashabbusi bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Islom akademiyasi talabalaridan iborat yoshlarga partiya fraksiyasi deputatlarining ish faoliyati yaqindan tanishtirildi.

Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi hamda Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiyasi a’zolari ishtirokida samimiy suhbat bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv chog‘ida Parlament faoliyati, qonunlarni qabul qilish jarayonida e’tibor qaratiladigan jihatlar haqida batafsil so‘zlab berildi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Men OʻzXDPni tanladim Oliy Majlis Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish