Insonlarni qadrlash, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olish, muhtojlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash xalqimizga xos fazilatlardan biridir. Bunday xayrli ishlar, ayniqsa, turli sanalarda yanada bo‘y ko‘rsatadi.
Navro‘z bayrami munosabati bilan Farg‘ona viloyat Kengashi deputati Mo‘minjon Yo‘ldoshev homiyligida ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘lgan, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olindi.
Ehtiyojmand kishilar holidan xabar olishga qaratilgan tadbirlar viloyatning barcha shahar va tumanlarida davom etmoqda. Farg‘ona tumanida o‘tkazilgan yo‘qlovda tuman partiya kengashi rahbari B.Sobirova, «Ma’rifat targ‘ibotchilari» jamiyati a’zolari hamda Respublika «Ma’naviyat va ma’rifat» markazi tumani bo‘limi boshlig‘i F.Omonova ham ishtirok etdi. Oilalar holidan xabar olinib, ko‘ngil so‘raldi va sovg‘a-salomlar topshirildi.