Taklif va tavsiyalar berildi

 

O‘zXDP Xatirchi tuman kengashi raisi A. Islomov "Angidon" mahallasida mahalla mas’ullari va aholisi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilishda bo‘sh turgan tomorqa yer maydonlaridan unumli foydalanish, hudud iqlim sharoitidan kelib chiqib mavsumiy oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish va hududda "Bir mahalla-bir mahsulot" tamoyili asosida namunali ko‘chalarni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, hudud drayveridan kelib chiqib “1 sotix tomorqadan kamida 1-2 million so‘m daromad" mezoni asosida issiqxonalar tashkil etish, chorvachilik va parrandachilikni rivojlantirish hamda bo‘sh turgan tomorqalardan unumli foydalanish va oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha qo‘shimcha taklif va tavsiyalar berildi.

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish