Chora-tadbirlar belgilab olindi

 

O‘zbekiston XDP Sirdaryo viloyati kengashining navbatdagi Ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda 2023 yil sarhisob qilinib, 2024 yilda partiyaning dasturiy g‘oya va maqsadlarini keng ommaga yetkazish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilandi.

Shuningdek, partiya elektorati manfaatlarini himoya qilish, inson qadrini yuksaltirish yo‘nalishidagi vazifalarni amalga oshirishda munosib ishtirok etish, xalq bilan muloqot mexanizmlarini yangi bosqichga olib chiqish, joylarda deputatlik va jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi ishlarni tizimli tashkil etish masalalari ko‘rildi. Yig‘ilish tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi.

Yakunda O‘zXDP Sirdaryo viloyati kengashining 2024 yilgi ish rejasi va partiyaning Amaliy Harakatlar dasturining 2024 yil uchun mo‘ljallangan ish rejasi tasdiqlandi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish