Partiya safida ayollar

 

O‘zbekiston XDP Xorazm viloyat kengashi hamda Urganch shahar kengashi tomonidan deputat Baxtigul Xudayberganova ishtirokida Urganch shahridagi 2-sonli Oilaviy poliklinikada uchrashuv o‘tkazildi.

Muloqot davomida tibbiyot sohasidagi islohotlar, jamiyatda xotin-qizlar mavqeini oshirishga qaratilayotgan e’tibor va e’tirof haqida fikr-mulohazalar almashildi.

Shuningdek, partiya safiga qo‘shilgan 12 nafar xotin-qizga a’zolik guvohnomalari topshirildi.

 

 

 

 

Teglar

Men OʻzXDPni tanladim
← Roʻyxatga qaytish