Murojaat joyida hal etildi

 

Bugungi kunda aholi muammolarini joyiga borib o‘rganish, ochiq muloqot orqali fuqarolarni eshitish, ularni qiynayotgan muammolarni tezkor va ijobiy hal etish har bir davlat organi hamda mansabdor shaxs oldidagi asosiy vazifalardan biri hisoblanadi.

Buxoro shahar kengashi deputati R. Kazimova Buxoro shahridagi Sheyxon mahalla fuqarolari bilan uchrashib, aholi murojaatlarini tingladi. Fuqarolardan biri Sheyxon ko‘chasi, 13 uyda yashovchi 2007 yilda tug‘ilgan Salomov Sanjar Sayfullayevichga nogironlik aravachasi zarurligini bildirgan edi. Uning murojaati o‘rganilib, Sanjar Salomovga nogironlik aravachasi yetkazib berildi.

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish