Ijtimoiy-iqtisodiy masalalar natijadorligi deputatlar nazoratida

 

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti raisligida makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash, investitsiya va eksport hajmini oshirish, sanoat, qishloq xo‘jaligi, uy-joy va kommunal xo‘jaligi, qurilish, transport, ekologiya hamda ijtimoiy sohalarda kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishlarida joriy yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan asosiy ustuvor vazifalar va yo‘nalishlar belgilab berildi. Jumladan davlatimiz rahbari tomonidan mazkur vazifalarning o‘z vaqtida va samarali bajarilishi ustidan ta’sirchan parlament nazoratini yo‘lga qo‘yish, joylarda nazorat-tahlil tadbirlarini olib borish, shuningdek bu borada vakillik organlarining faol ishtirokini ta’minlash lozimligi ta’kidlandi.

Shunga muvofiq, Qonunchilik palatasi deputatlaridan iborat har bir hudud bo‘yicha alohida ishchi guruhlari tuzildi. Jizzax shahrida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari M.Tirkasheva, M.O‘razaliyeva va F.Negmatovalar tomonidan shahar hududidagi tashkilot va korxonalarda noqonuniy kesilgan daraxtlar o‘rniga jarima sifatida daraxtlar ekib, parvarish qilish jarayonlari va yaratilgan shart-sharoitlari o‘rganildi. Aniqlangan muammolar bartaraf etilishi yuzasidan chora-tadbirlari belgilab olindi.

Shuningdek, buzilishga tushgan turar va noturar binolarni kompensatsiya to‘lovlarini to‘lab berish holatidagi muammolar ham o‘rganildi. Jizzax shahrining bosh rejasiga asosan Jizzax shahar Toshloq MFY hududida joylashgan Jizzax suvta’minoti MChJga qarashli yerning bir qismi jamoat ehtiyoji uchun o‘tkazilishi munosabati bilan ushbu yer maydonidan shaharning “Shifokorlar” va “Narimonov” ko‘chalarini bog‘lovchi 500 metr avtomobil yo‘l qurilishi belgilangan. Ushbu yo‘lning yer maydoni 0.89ga ni tashkil etadi. Mazkur buzilishga tushgan turar va noturar binolarni kompensatsiya to‘lovlarini to‘lab berishda mutasaddi vazirlik idoralariga murojaat etishga kelishib olindi.

 

 

 

 

Teglar

Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis
← Roʻyxatga qaytish