Safimizda yoshlar ko‘paymoqda

 

O‘zbekiston XDP Andijon viloyat va Andijon shahar kengashi tashabbusi bilan 5-sonli kasb-hunar maktabida yoshlarning siyosiy, huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.

Muloqotda Qonunchilik palatasi deputati Ye.V.Babenko, shahar kengashi deputati Sh.Xaydarov, viloyat kengashi "Yoshlar qanoti" raisi A.Ahmedov hamda viloyat va shahar kengashi mas’ul xodimlari ishtirok etishdi. So‘zga chiqqanlar yoshlarga O‘zbekiston XDP ning maqsad va vazifalari, saylov jarayonlari, yangilangan Konstitutsiya to‘g‘risida tushunchalar berishdi.

Shuningdek Sh.Xaydarov yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida o‘zi rahbarlik qilayotgan MChJga ishga taklif qildi. Tadbir davomida 7 nafar yoshlar partiya safiga qabul qilindi.

Shuningdek yoshlar tomonidan berilgan savollarga javoblar qaytarildi. Murojaatlar esa kerakli mutaxassislarga yo‘naltirildi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish