Aholi bilan uchrashuv

 

27-30 mart kunlari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Anvarxon Temirov saylov okrugida bo‘lib, saylovchilari bilan uchrashdi.

Aholi bilan muloqot «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida atrof-muhitni muhofaza qilish, aholi punktlarini ko‘kalamzorlashtirish va yashil maydonlarni kengaytirishga qaratilgan islohotlarning mohiyati va ahamiyatini saylovchilarga yetkazish hamda tumanda bu boradagi ishlarning holatini monitoring qilish bilan boshlandi. Mas’ullar bilan birgalikda «Uchqo‘rg‘on», «Obodon» mahallalarida bo‘ldi.

Uchrashuvlar mahalla idorasi, saylovchilar xonadonlari hamda ijtimoiy soha obyektlarida davom etdi.

Shuningdek, Prezident Xalq qabulxonalari bilan hamkorlikda fuqarolarning sayyor qabul tashkil etildi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish