Partiyamiz faxriysiga ehtirom ko‘rsatildi

 

Partiya nima, u qanday g‘oyalarni ilgari suradi, siyosiy partiyalarni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad va u nimalarga xizmat qiladi? Bugun shu kabi savollarga to‘laqonli javob bera oladigan insonlar barmoq bilan sanarli. Ulardan biri O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining faxriysi, ayni paytda partiya Markaziy Kengashining bosh maslahatchisi bo‘lgan Mixail Yelshov Leonidovichdir.

Bugun O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi, partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi rahbari Ulug‘bek Inoyatov boshchiligida partiyadoshimizni tabriklash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Mixail Yelshovning uzoq yillik samarali mehnati, har doim yoshlarga partiya ishini tushuntirishda ko‘rsatgan faolligi, sadoqati e’tirof etildi. Undagi bilim, tajriba va mahorat hali uzoq yillar yoshlarga o‘rnak bo‘lishda davom etishi ta’kidlandi.

O‘zbekona odatlarga ko‘ra, 75 yoshni qarshilagan kun “qahramon”iga to‘n kiydirildi, samimiy izhorlar aytildi.

Ma’lumot o‘rnida, Mixail Yelshov O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasini tashkil etish bo‘yicha tashabbuskor guruh a’zosi bo‘lib, 1 noyabr 1991 yildan buyon partiya Markaziy Kengashi apparatida ishlab kelmoqda. O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi Ijroiya Qo‘mitasi a’zosi.

 

 

 

 

Teglar

Faxriy
← Roʻyxatga qaytish