O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublika Kengashi va Nukus shahar kengashi tashabbusi bilan Nukus shahridagi “Qumbiz ao‘il” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi dasturiy maqsadlarini tushuntirishga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Uchrashuvda partiya dasturiy maqsadlari tushuntirilishi bilan birga partiya kengashlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma'lumotlar berildi.
Tadbir davomida partiya safiga qabul qilinganlarga a'zolik guvohnomalari topshirildi.
“Qumbiz ao‘il” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi partiya a'zolarining taklifi bilan “Qumbiz ao‘il” boshlang‘ich partiya tashkiloti ochildi. Uning raisi etib Nukus davlat pedagogika instituti “O‘zbek adabiyoti” kafedrasi dosenti Allambergenova Nodira Gulmirzaevna saylandi.