Yoshlar bilan samimiy muloqot qilindi

 

O‘zbekiston XDP Bo‘ston tuman kengashi raisi, tuman kengashi deputati M.To‘ychiyeva hamda Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi rahbari M.Beknazarovalar hamkorligida "Navro‘z" MFY hududidagi №17-Umumta’lim maktabi 10-11-sinf o‘quvchilari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.


Muloqotda yoshlarning siyosiy, huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, siyosiy jarayonlarga faol jalb qilish, yoshlarga oid davlat siyosati haqida batafsil so‘zlab berildi.

O‘zbekiston XDP Bo‘ston tuman kengashi raisi M.To‘ychiyeva mavzu yuzasidan gapirar ekan, birinchi navbatda o‘qish, bilim olish zarurligi, hattoki, zamonaviy bilimlarni egallashning ahamiyati haqida so‘zlab, yoshlarni doimo o‘z ustida ishlashga chaqirdi.

Uchrashuvda ta’kidlanganidek, kitob o‘qish yoshlar uchun stress, tashvish va kundalik hayot talablaridan biroz chekinish uchun o‘zining sahifalarida joy beradi. Kitoblar hozirgi globallashuv davrida moslashish, yangilik yaratish, kashfiyot qilish, o‘rganish kabi xislatlarning o‘sishi rivojlanishi imkoniyatlarini kengaytiradi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish