O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi Yoshlar sektori tashabbusi bilan O‘zbekiston XDP Toshkent shahar kengashida «Mediaga qadam» loyihasi tashkil etildi. Mazkur loyiha davomida yoshlar media sohasiga kirish, mobilografiya, videografiya, videomaker, montaj dasturlar, video turlari bo‘yicha boshlang‘ich ma’lumotlarga ega bo‘ladilar.
Yoshlarning zamonaviy bilimlarni puxta egallab borishlariga ko‘maklashish, ularni partiya faoliyati bilan yaqindan tanishtirish hamda siyosiy jarayonlarga ko‘proq jalb qilish maqsadida tashkil etilgan mazkur loyiha doirasida o‘quv kurslari o‘tkazilib, ishtirokchilar yil davomida partiya tizimida amaliyot olib borishi mumkinligi haqida kelishib olindi. Loyihaning navbatdagi sonida montaj dasturlar bilan ishlash bo‘yicha yoshlarga boshlang‘ich bilimlar berish rejalashtirilgan.
Yakunda qatnashchilarga O‘zbekiston XDP «Yoshlar qanoti» faoliyatiga bag‘ishlangan rolik tayyorlash vazifasi topshiriladi.