Ta’lim maskani ko‘kalamzorlashtirildi

 

XDP Qibray tuman kengashi, tuman deputatlari, Haydarobod mahallasidagi faol ayollar ishtirokida "Xotin-qizlar huquqlarini himoya qilamiz" mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, taz’iqlarning oldini olishga qaratilgan qonun hujjatlari va ularning ahamiyati to‘g‘risida deputatlar tomonidan ayollarga tushunchalar berildi. Partiya dasturiy maqsadlariga xayrixoh bo‘lgan 4 nafar xotin-qizlarga a’zolik guvohnomalari va esdalik sovg‘alar topshirildi.

Tadbir so‘ngida, ishtirokchilar tomonidan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida 14-umumta’lim maktabi hududiga yong‘oq ko‘chatlari ekildi.

 

 

 

 

← Roʻyxatga qaytish