Qilchinok ovul fuqarolar yig‘inida o‘rganish
Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi tomorqalaridan unumli foydalanish ishlarini tizimli tashkil etish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan Ellikqal’a tumaniga biriktirilgan ishchi guruh a’zolari Qilchinok ovul fuqarolar yig‘inida bo‘ldi.
O‘rganish vaqtida aholining tomorqa yerlaridan foydalanish madaniyati, biogomus ishlab chiqarish, parrandachilik, chorvachilik, yerlardan to‘g‘ri foydalanish, ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanish, hokim yordamchilarining amalga oshirgan ishlari holati ko‘rib chiqildi.
Berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish bo‘yicha tavsiyalar berildi.