Sog‘lom ona – sog‘lom oila
O‘zXDP Jizzax viloyat kengashi, “Sog‘lom avlod uchun” xayriya jamoat fondi hamda “Yoshlik” MFY xotin-qizlar faoli J.Yodgorova hamkorligida mahalla binosida onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash, xotin-qizlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning tibbiy madaniyatini oshirishga qaratilgan “Sog‘lom ona – sog‘lom oila” loyihasi tashkil etildi.
Uning doirasida “Sog‘lom avlod uchun” xayriya jamoat fondi mutaxassislari tomonidan hudud aholisi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, xotin-qizlar va bolalar salomatligini asrash, turli kasalliklarni erta aniqlash va oldini olish yuzasidan o‘z tavsiyalarini berildi. Ehtiyojmand aholi vakillariga dori-darmonlar tarqatildi.