Ayollarning siyosiy jarayonlarda faolligi oshiriladi

 

Ayol-jamiyat ko‘zgusi, millat tarbiyachisi. So‘nggi paytlarda partiyamiz tashabbusi bilan mahallalarda aholi, shu jumladan, xotin-qizlar bilan muloqot olib borishning mutlaqo yangicha tizimi yo‘lga qo‘yildi. Shu asosda shahar va qishloqlarda uyma-uy yurib, oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganish, ulardagi mavjud muammolarni hal etish tajribasi shakllandi.

Ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar va xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash, ularning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston XDP Shofirkon tuman kengashi tomonidan tumandagi Axborot resurs markazida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.


Tadbirda so‘zga chiqqanlar partiyaning o‘tgan davrlarda amalga oshirgan ishlari va kelgusidagi rejalari, dasturiy maqsadlari to‘g‘risida batafsil to‘xtalib o‘tdi. Saylov qonunchiligidagi o‘zgarishlar va yangiliklar shuningdek, 2024 yilda o‘tkaziladigan saylovlarda xotin-qizlarning ham faolligini oshirish lozimligi ta’kidlandi.

 

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Jamoatchilik qabulxonasi
← Roʻyxatga qaytish