Deputat mahallada

 

O‘zXDPning «Deputat mahallada» loyihasi doirasida Xalq deputatlari Yangiariq tuman kengashi deputati Azizbek Jabbarov bugun Yangiariq tumanidagi 28-son maktabda «Xalq bilan ochiq muloqot – muammolarning samarali, tezkor hal qilish omili» mavzusida ochiq muloqot o‘tkazdi.

Tadbir davomida deputat tomonidan aholining murojaatlari va ko‘tarilgan muammolar tinglanib, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha deputatlik nazorati yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborildi.

Mahalladagi ko‘cha va yo‘llarni ta’mirlash ishlari, mahalladagi yana ayrim ko‘chalarga shag‘al yotqizish va tungi yoritish chiroqlari o‘rnatish kabi muammoli masalalar o‘rganilib, deputat tomonidan chora-tadbirlar rejasi tuzildi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish