Maktablarda tibbiy yordam holati o‘rganilmoqda
O‘zbekiston XDP Kasbi tuman kengashi tomonidan tumandagi bir qator umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tibbiy xizmat ish kabinetlari tashkil etilganlik holati, ularning jihozlanganligi, birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yaratilgan sharoitlar, dori-darmon ta’minoti va mutaxassis hamshira faoliyati, o‘quvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish masalalari o‘rganildi.
O‘rganishda O‘zbekiston XDP Kasbi tuman kengashi raisi partiya guruhi rahbari S Xamroyev, Nuroniylar kengashi tuman bo‘limi rahbari tuman partiya kengashi ijroiya qo‘mitasi a’zosi R.To‘rayev qatnashib, mazkur yo‘nalishdagi vaziyat tahlil qilindi. Mavjud muammolar, kamchiliklar yechimi bo‘yicha o‘z taklif va mulohazalarini bildirdilar.