Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati D. Imomova Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani “Paymard” MFY hududidagi meliorativ tik quduqlarning bugungi kundagi holatini o‘rgandi. Mavjud kamchiliklar yuzasidan mutasaddi tashkilot rahbarlariga ko‘rsatmalar berdi.
Shuningdek, “Toza hudud” DUKning mahalla aholisiga ko‘rsatayotgan xizmat sifatini o‘rganish asosida mahalla aholisi bilan uchrashdi. Muloqot chog‘ida aniqlangan masalalar bo‘yicha korxona rahbari bilan suhbatlashildi.
Bundan tashqari, boquvchisini yo‘qotgan S.Qarshiyevaning xonadoniga borib, tomorqasidan unumli foydalanish bo‘yicha tushuntirish olib borgan holda ushbu oilaga subsidiya ajratishni deputat o‘z nazoratiga oldi.
Aholi murojaatlarini o‘rgangan holda qonunchilikka o‘zgartirish kiritish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.