Plenumda yangi vazifalar belgilab olindi

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Jizzax viloyat kengashining VII plenumi bo‘lib o‘tdi. Unda partiya viloyat kengashi mas’ul xodimlari, tuman (shahar) partiya tashkilotlari rahbarlari, xalq deputatlari mahalliy kengashlardagi partiya guruhlari a’zolari, yoshlar va “Ayollar qanoti” faollari, hamkor tashkilotlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Plenumda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Jizzax viloyat kengashining 2023 yil yakunlari, partiya guruhining 2023 yildagi faoliyati yuzasidan axboroti, viloyat Kengashi qoshidagi “Jamoatchilik qabulxonalari” orqali fuqarolarning murojaatlarini hal qilish borasida olib borilgan ishlar, viloyat Kengashi 2023 yil budjetining ijrosi va 2024 yil budjetining asosiy ko‘rsatkichlari hamda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Jizzax viloyat Kengashi a’zolari tarkibini qisman yangilash to‘g‘risidagi masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan O‘zXDP viloyat Kengashi raisi N.Xolmatov va bosh hisobchi V.Muratovlarning hisobotlari eshitilib, tegishli qarorlar qabul qilindi. Shuningdek, partiya faxriylaridan I.Berdiyorov, O‘.Komilova, tuman Kengashi deputatlari N.Allamuratova, A.Raxmonov, R.Doulanova, O‘zXDP shahar Kengashi raisi N.Siddiqov hamda “Nurafshon” MFY yoshlar yetakchisi Yu.Abduraxmonovlar so‘zga chiqib, kun tartibidagi masalalar yuzasidan o‘zlarining fikr va takliflarini bildirib o‘tdilar.

Plenum so‘nggida 5 nafar yoshlarga partiyaning a’zolik guvohnomalari topshirildi.

 

 

 

 

Teglar

Plenum Loyihalarimiz Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish