Surxondaryolik faollar bilan amaliy muloqot

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi Ulug‘bek Inoyatov Surxondaryo viloyat kengashi mas’ullari, tuman va shahar kengashlari raislari bilan muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuvda avvalo partiya dasturiy maqsadlariga erishilishi holati, elektorat manfaatlarini hududlarda izchil himoya qilish, bu borada yangi qonun hujjatlarini samarali qo‘llash, targ‘ibotni kuchaytirish masalalari haqida atroflicha fikr almashildi.

Bandlikni oshirish, mehnatni qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi o‘zgarish va yangilanishlar ijtimoiy muhofazaga muhtoj qatlam manfaatlariga xizmat qilayotgani, shundan kelib chiqib, deputatlik birlashmalari va partiya tashkilotlarining yanada mas’uliyatli ish yuritishi zarurligi qayd etildi.

Muloqotda mahalliy Kengashlar deputatlari, partiyamizning tuman-shaharlardagi yetakchilari faoliyatni kuchaytirish, ta’sirchanlikni oshirish, shuningdek, mahallalarda targ‘ibot ishlarini kuchaytirish bilan bog‘liq muhim masalalarda o‘z taklif-mulohazalarini bildirishdi.

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi

Axborot xizmati

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish