Targ‘ibot ishlari maxsus shoxobchalarda ham faol olib borilmoqda

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi faollaridan iborat volontyorlik guruhlari partiyadan Prezidentlikka nomzod dasturini keng targ‘ib qilish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini faol olib bormoqda.

 

Xususan, respublikamizning barcha hududlarida maxsus shoxobchalar tashkil etilgan bo‘lib, nomzod dasturidagi muhim taklif va tashabbuslar mazmun-mohiyati saylovchilarga tushuntirilib, targ‘ibot vositalari tarqatilmoqda.

Shu bilan birga, yurtdoshlarimizni saylovda faol bo‘lishga va Xalq demokratik partiyasidan nomzodni qo‘llab-quvvatlashga chaqirmoqda.

 

 

 

← Roʻyxatga qaytish