O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Ulug‘bek Inoyatovning Dasturidagi eng muhim takliflar

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Ulug‘bek Inoyatovning Dasturidagi eng muhim takliflar:

 

— Mamlakatimizda ijtimoiy tenglikka asoslangan xalq hokimiyatchiligi tizimini shakllantirish va bu orqali demokratik ijtimoiy davlatni barpo etish;

— Ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam, davlat, jamiyat hayoti, sud-huquq tizimida teng huquqlilik asosida ishtirok etishini ta’minlash;

— Insonlarning yoshi, jinsi, nogironligi, millati dini va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayotda faol ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish.

 

Nomzod dasturining asosiy shiori — “Birgalikda ijtimoiy davlat sari!”

 

 

 

← Roʻyxatga qaytish