AVTOMASHINANI OLIB QOCHGANLAR USHLANDI

2019 yil 11 avgust kuni soat 01:00larda 2 nafar noma’lum shaxs Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida yashovchi 25 yoshli J.B. boshqaruvidagi «Nexia» rusumli avtomashinasiga yo‘lovchi sifatida o‘tirgan. Ular Pastdarg‘om tumani Juma shahri To‘rttom mahallasi hududiga yetib kelganlarida, noma’lum shaxslar haydovchiga tan jarohati yetkazib, uni avtomashinadan zo‘rlik ishlatib tushirgan. Avtomashinani esa haydab qochishgan.

Olib borilgan qidiruv ishlari natijasida avtomashina Elbek mahallasi hududidan topilgan.

Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida ushbu jinoyatni To‘rttom mahallasida yashovchi, muqaddam sudlangan 20 yoshli M.O. va Nurobod tumani, Baraka ko‘chasida yashovchi 24 yoshli X.N.lar sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.

Jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Nilufar TO‘RAXONOVA,

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi katta inspektori, leytenant.

← Roʻyxatga qaytish