olij-mazhlis
Deputatlar Xalq qabulxonalari bilan hamkorlikda ishlamoqda
Xalq demokratik partiyasi deputatlari ham saylovchilar tomonidan ko‘tarilgan dolzarb masalalarni hal etishga alohida e’tibor qaratmoqda. Bu borada aniq dastur va “yo‘l xarita”larini ishlab chiqish hamda ularni mutasaddi idoralar bilan hamjihatlikda muhokama etishda joylarda faoliyat ko‘rsatayotgan Xalq qabulxonalari bilan izchil hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan...
Ehtiyojmandlarga yelkadosh boʻla olganlar hamisha yuksak hurmatga loyiq
Yoshi oltmishlar atrofida boʻlgan otaxonni yoʻlda uchratdik. Ziyoli, oʻrtaxol oilalardan birining vakili ekan. Mahalla raislaridan biri shu otaxon toʻyga boqayotgan boʻrdoqisini sotib, mahalladagi qiynalib qolgan oilalarni oziq-ovqat bilan taʼminlaganini aytdi. Mana shunday insonlar xalqimizning chinakam muruvvatli ekanligini isbotlaydi. Bunday samimiy, mehr-muruvvatli insonlar qanchadan qancha ehtiyojmandlarning ruhini koʻtarmoqda, ularning boshiga ish tushgan qiyin damlarda yelkadosh boʻlmoqda...
IJTIMOIY HIMOYA – KO‘LAMDOR FAOLIYAT
Ayni damda yuqorida sanab o‘tilgan davlat organlarining hech biri aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi vazifalarni bajarmaydi...
«Saxovat va ko‘mak» umumxalq harakati xalqimizni yanada jipslashtiradi
O‘zXDP dasturiy maqsadlaridan kelib chiqib, joylardagi ijtimoiy himoya bilan bog‘liq vaziyatdan partiyamiz deputatlari yaqindan xabardor bo‘lishi kerak.
Buning uchun birinchi navbatda qaysi hududda kimga yordam qilinishi bo‘yicha manzilli ro‘yxatlarni shakllantirish, nogironlar, boquvchisini yo‘qotgan yolg‘iz ayollar va keksalar, ko‘p bolali oilalarga murojaat qilishini kutib o‘tirmasdan ijtimoiy ko‘mak yetib borishini e'tiborga olish kerak...
Koronavirus pandemiyasidan keyin o‘zgaradigan dunyoga tayyor bo‘lishimiz kerak
Karantin kunlarida chiqargan muhim xulosalarimizdan biri shuki, O‘zbekistonda ijtimoiy himoya tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqish zarurati yuzaga kelgan. Bu o‘rinda fuqarolarning konstitutsion huquqlarini ro‘yobga chiqarish bilan bog‘liq, yillar davomida e’tibordan chetda qolib kelayotgan masalalar ham bor. Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiyamiz fraksiyasi o‘z faoliyatida shu jihatga alohida e’tibor qaratadi...
YEOII bilan hamkorlik: oʻrganish, tahlil etish va baholash ishlari olib borilmoqda
Taʼkidlash lozimki, jahon iqtisodiyotida globallashuv jarayonlari yana-da chuqurlashayotgan bir paytda milliy iqtisodiyotimizni sogʻlomlashtirish va yana-da rivojlantirish uchun xalqaro iqtisodiy hamkorliklarni kengaytirish muhim vazifalardan sanaladi...
“Zarar yetkazilayotgani uchun ustama belgilanishi kerak”. O‘zXDP deputati hukumatga taklif bilan chiqdi
Paxtachi tumani “Navoiy kon-metallurgiya”, “Navoiyazot”, ”Navoiyelektrkimyo”, “Qizilqumsement” kabi yirik ishlab chiqarish korxonalari faoliyat ko‘rsatayotgan Navoiy shahriga ancha yaqin joylashgan. Mazkur korxonalarning ishlab chiqarish jarayonida havoga ajralib chiqayotgan zaharli gaz va chiqindilari tuman aholisi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatib kelyapti...
“Qishloq joyda yashash insonni huquqdan mahrum qilishi mumkin emas”. XDP deputati ayrim hududlarda QVPlarni qayta tashkil etishni so‘radi
Olis, chekka qishloqlarda tibbiy xizmatni tashkil qilish qiyin, buni tushunish mumkin. Byudjet imkoniyatlari ham cheklangan, bu ham tushunarli. Lekin biz chekka qishloqlardagi tibbiy xizmat muammosi haqida gapirarkanmiz, faqatgina birlamchi tibbiy yordamni chidasa bo‘ladigan darajada yo‘lga qo‘yishni nazarda tutyapmiz. Sharoiti qiyin joyda yashayotgani uchun opa-singillarimiz aybdor emasku, to‘g‘rimi?..
O‘zXDP deputatlari maxsus xizmat mashinalariga yo‘l bermaganlik uchun jarimalar miqdori oshirilishiga qarshiligini bildirdi
Keyingi masala: qonun tashabbuskorlari xorij davlatlari, jumladan, Singapurda jarimalar bizdagidan yuqori ekanini payqabdi. Lekin u davlatda aholining o‘rtacha daromadi qancha-yu bizda qancha?..
Maqsuda Vorisova Qonunchilik palatasi komissiyasi raisi etib saylandi
Parlament quyi palatasining navbatdagi majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Oila va ayollar masalalari boʻyicha komissiyasi ham tuzildi...