Yoshlarga ko‘mak
O‘zXDPdan Xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashi deputatligiga saylangan Abdullayev Bahodir Tojimirzayevich bir guruh yoshlarning muddatli harbiy xizmatga borish xarajatlarini to‘lashda amaliy yordam berdi.
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va yaqindan ko‘mak berish maqsadida Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlariga yordam ko‘rsatildi.
– Vatanni himoya qilish, uni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash yurtning har bir farzandining vazifasidir, – dedi Bahodir Tojimirzayevich.