Uzun tumanida deputatlar va mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Mavjuda Hasanova Uzun tuman Kengashi deputati Sanginoy Ikromova bilan birgalikda “Mustaqillikning 22 yilligi” mahallasi faollari bilan uchrashdi.

Muloqotda bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilingan qonunlar hamda qarorlar mazmun-mohiyati yuzasidan so‘z yuritildi. Shuningdek, uchrashuvda aholi muammolari o‘rganilib, ularning yechimi yuzasidan deputatlar hamda mahalla faollarining savollari eshitildi va ijrosi nazoratga olinishi belgilab olindi.

Tizimli masalalar bo‘yicha qonunchilikka o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi ta’kidlab o‘tildi.

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis
← Roʻyxatga qaytish