O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi hamda Andijon viloyat kengashi tomonidan viloyat Oila va Xotin-qizlar boshqarmasi bilan hamkorlikda “Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligi millat kelajagini belgilaydi” mavzusida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashining “Ayollar qanoti” rahbari G.Asatova, viloyat kengashi raisi M.Sultonova, viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi bosh mutaxassisi I.Maxatova, mahalliy Kengash deputatlari, viloyat partiya kengashi mas’ul xodimlari, tuman, shahar partiya tashkilotlari raislari hamda Andijon shahar, Asaka, Izboskan, Oltinko‘l tumanlaridagi Xotin qizlar faollari ishtirok etdi.
Muloqotda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-87-sonli Farmoni va boshqa qonunosti hujjatlari, shuningdek, xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar haqida ma’lumotlar berildi. Partiyaning dasturiy maqsad va vazifalari targ‘ib qilindi.
Tadbir davomida Oila va xotin-qizlar bo‘limlari, mahallalardagi Xotin-qizlar faollari bilan partiyaning hamkorligini yanada kuchaytirish, siyosiy jarayonlarda xotin-qizlar faolligini ta’minlash hamda kelgusidagi hamkorlik ishlari yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi. Yakunda 100 nafar ayollar partiya safiga qabul qilindi.