Xalqimiz pillachilik bilan azal-azaldan shug‘ullanib kelgan va bu an’ana hamon davom etmoqda. Chunki, jahon ipak bozorida ipak mahsulotlariga bo‘lgan talab yuqori hisoblanadi.
Yangiariq tumanida ham daromad manbai bo‘lgan pilla yetishtirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Xalq deputatlari Yangiariq tuman Kengashi deputati, tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Barnoxon Qo‘chqorova tuman mahallalaridagi ipak qurti boqilayotgan inkubatoriyalarda bo‘ldi.
Deputat ishtiroki bilan joriy yilda tumanda pilla yetishtirish uchun 2229-nafar xotin-qizlar ro‘yxati shakllantirilib, ular 16-ta ilg‘or pillakorlarga biriktirilgan. Deputat mazkur inkubatoriyalarda mehnat qilayotgan xotin-qizlarning ish sharoitlari bilan tanishib, ularning muammo va takliflarini o‘rgandi.