Ko‘chatlar parvarishlandi

 

O‘zXDP Dehqonobod tuman kengashi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda «9 may – Xotira va qadrlash» kuniga bag‘ishlangan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Xususan, partiyamiz faollari va yoshlar XDP tuman Kengashiga taklif etilib, «Xotira va qadrlash» kuni mazmun-mohiyati yuzasidan suhbatlashildi.

Shundan so‘ng ishtirokchilar tashabbusi bilan XDP tuman Kengashi binosi yer uchastkasiga tuman hokimligi tomonidan ekilgan «Yapon sakurasi» daraxt ko‘chatlari parvarishlanib, obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

 

 

 

 

← Roʻyxatga qaytish