Toshkent viloyatida faxriylar uchrashuvi

 

O‘zbekiston XDP Toshkent viloyati kengashi tomonidan Faxriylar kengashi a’zolari va faollari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Partiyaning saylovoldi dasturiga takliflar olish maqsadida tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston XDP Toshkent viloyat kengashi mas’ullari, tuman, shahar raislari,“Faxriylar kengashi” a’zolari va faollari, mahalliy kengashlardagi deputatlar hamda yoshlar ishtirok etdi.

Samimiy muloqot fikr-mulohazalar, takliflarga boy tarzda o‘tdi.

Masalan, Parkent tumani vakili Dilshoda Mirzasaidova pensionerlar uchun sihatgohlarga bepul yo‘llanmalar berilishini qonunan takomillashtirish zarur degan taklifni bildirdi. Qibraylik faxriyimiz Nosir Toirov pensioner va nafaqadagi insonlar, o‘zgalar parvarishiga muhtoj qatlam vakillarini qo‘llab-quvvatlash, ularning manfaatlarini himoya qilish choralarini yanada kuchaytirish lozimligini saylovoldi dasturiga kiritishni so‘radi.

Partiya g‘oyalarini aholi orasida targ‘ib etishda munosib hissa qo‘shib kelayotgan faol a’zolar uchrashuv so‘nggida faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Faxriy Deputat
← Roʻyxatga qaytish