Hayotiy taklif va tashabbuslarsiz maqsadga erishish qiyin

 

O‘zbekiston XDP hududiy kengashlari oldida turgan amaliy vazifalar, deputatlik guruhlari faoliyati, tashkiliy, mafkuraviy hamda targ‘ibot borasidagi yutuq va kamchiliklar. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi Ulug‘bek Inoyatov Navoiy viloyat partiya kengashida hududdagi tuman (shahar) partiya tashkilotlari raislari ishtirokida o‘tkazgan muloqotning asosiy mavzusi ana shularni tashkil qildi.

Muloqot davomida joylardagi partiya elektorati manfaatlariga dahldor takliflar, qonunchilikka o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish orqali yechim topadigan masalalar bo‘yicha kengash raislari o‘z mulohazalarini bilan o‘rtoqlashdi. Odamlarning ishonchini qozonish uchun o‘zgarishni har bir partiya faoli o‘zidan, o‘z faoliyatidan boshlashi zarurligi ta’kidlandi. Hayotiy taklif va tashabbuslarsiz ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmasligi qayd etildi.

Shuningdek, qonunchilikdagi o‘zgarishlar hamda ularning yurtdoshlarimiz hayotidagi ahamiyati haqida so‘z bordi. Har bir o‘zgarish va yangiliklar jamiyat hamda mamlakat rivoji uchun amalga oshirilayotgani yuzasidan fikrlar bildirildi.

Ishtirokchilar partiya ishini yanada jonlantirishga oid takliflarini o‘rtaga tashladi. Ular kelgusidagi ustuvorliklardan kelib chiqib, muhokama qilindi. Ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi real holat asosidagi tahliliy o‘rganishlar natijasiga oid chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish