Sog‘lom ona – sog‘lom oila

O‘zXDP Yangiyer shahar kengashi «Faol ayollar» qanoti yetakchisi shahar Kengashi deputati G.Boymirzayeva tomonidan «Sog‘lom ona – sog‘lom oila» shiori ostida bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash, xotin-qizlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning tibbiy madaniyatini oshirish maqsadida o‘tkazilgan ko‘rikka «Fazilat» va «Shukrona» mahallalari xotin-qizlari va ularning farzandlari jalb qilindi.
Tibbiy ko‘rik davomida shifokorlar xotin-qizlarga o‘z sog‘lig‘iga e’tiborli bo‘lish, sog‘lom turmush tarziga rioya etishning muhimligi va ahamiyati to‘g‘risida tushuntirishlar berib o‘tishdi.