Oila – inson uchun muqaddas va ulug‘ dargoh!

 

Ma’lumki, 15 may jahon miqyosida Xalqaro oila kuni sifatida nishonlanadi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston XDP Buxoro viloyati kengashi raisi Z.To‘yyeva tashabbusi bilan Buxoro shahridagi mahallalar faol xotin-qizlari bilan tadbir o‘tkazildi.

 

Z.To‘yyeva: “Oila – inson uchun muqaddas va ulug‘ dargoh. Inson shu dargohda tug‘iladi, o‘sadi, voyaga yetadi. Oilani boshqarish farzandlarni xalqqa, vatanga munosib avlod qilib yetishtirish mas’uliyatli vazifadir. Afsuski ba’zan bu borada bilim, tajriba va tarbiyaning yetarli bo‘lmagani tufayli ko‘proq yoshlar o‘rtasida ajrashish holatlari uchrab turadi. Bularning oldini olish uchun ayol oqila, jonkuyar bo‘lsa, er bosiq, jiddiy, mehribon, farzandlari, ahli ayoliga jonkuyar bo‘lishi kerak.” – deya ta’kidladi.

Tadbirga partiyamiz safidagi uzoq yillar ahil-inoq turmush qurgan oilalar vakillari taklif etilib, ularning hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashildi. Mazkur muloqot oilalarning yanada mustahkamligini ta’minlashda yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish