Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati D.Imomova hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini qiynayotgan muammolar, ular tomonidan tushayotgan takliflar, tegishli tashkilot va muassasalar rahbarlarining xalq bilan hamkorligini o‘rganish, shuningdek, aholining huquqiy ongini yuksaltirish maqsadida Shahrisabz shahrida bo‘ldi.
Deputat “Uymovut”, “Sariosiyo” mahalla fuqarolar yig‘inlarida bo‘ldi. U yerda aholining maishiy, ijtimoiy muammolari bilan qiziqdi. Mazkur mahallalarda aholiga kommunal xizmat ko‘rsatish sifatini o‘rgandi.
Shundan so‘ng, joylarda mas’ullar tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordam turlari, qolaversa, qonun va qonunosti hujjatlarining joylardagi ijrosi bilan tanishish maqsadida Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasi, Davlat kadastrlari palatasi va Kadastr agentligining mutasaddi rahbarlari bilan uchrashdi.
Bundan tashqari, deputat D.Imomova Davlat dasturiga muvofiq qurib, mukammal ta’mirga kiritilgan 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham mas’ullar bilan suhbatlashdi. Kelgusida mazkur ta’lim dargohida amalga oshiriladigan ishlar haqida o‘z taklif va mulohazalarini bildirdi.