Jizzax shahar Madaniyat mahallasidagi saylovchilar bilan deputat yordamchilari M.Saddinova va S.Abdurazzoqov, O‘zbekiston XDP Jizzax shahar kengashi raisi N,Siddiqov, shahar kengashi deputatlari M.Imomov, B.Toshpo‘latovlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Unda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini qiynayotgan muammolar, ular tomonidan tushayotgan takliflar, tegishli tashkilot va muassasalar rahbarlarining xalq bilan hamkorligini o‘rganish, shuningdek, aholining huquqiy ongini yuksaltirish masalalariga e’tibor qaratildi. U yerdagi aholining, maishiy, ijtimoiy muammolari, mahallalarda aholiga kommunal xizmat ko‘rsatish sifati darajalari o‘rganildi.
Shuningdek, mahalliy Kengashlar deputatlarining saylov okruglarida aholi tomonidan ko‘tarilayotgan masalalarni hal etishdagi rolini oshirishga hamda ularning «mahalladagi yettilik» bilan hamkorligini yanada yaxshilashga ko‘maklashish bilan bir qatorda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati O‘. O‘razboyev nomiga aholi tomonidan 10 ga yaqin murojaatlar tinglandi. 3 ta masala joyida hal etildi.
O‘rganish ishlari davom etmoqda.