12 nafar ayolning bandligi ta’minlandi
Yangiariq tuman mahallalarida ishsiz, ehtiyojmand, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga subsidiya asosida tikuv mashinalari bosqichma-bosqich tarqatilmoqda.
Yangiariq tumanidagi "Chaqir" mahallasida bugun o‘tkazilgan tadbirda ham 12 nafar ayollarning bandligi ta’minlanishiga erishildi. Ularga Xalq deputatlari Yangiariq tuman Kengashi deputati, Yangiariq tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Barnoxon Qo‘chqorova ishtirokida subsidiya asosida zamonaviy tikuv mashinalari topshirildi.
Bu o‘z navbatida ishsizlikni bartaraf etish, ish o‘rinlari yaratish va kambag‘alchilikdan chiqarishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.