Mediaga qadam 2

 

O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi tashabbusi bilan Toshkent shahar kengashi bilan hamkorlikda tashkil etilgan Mediaga qadam loyihasida yoshlarga media sohasiga kirish, mobilografiya, videografiya, videomaker, montaj programmalar, video turlari bo‘yicha boshlang‘ich ma’lumotlar berildi.

Shuningdek yashil fon bilan ishlash, chiroqlarni to‘g‘ri o‘rnatish bo‘yicha amaliy mahorat darsi bo‘lib o‘tdi. Mazkur loyihada yoshlar yil davomida qatnashib, partiya tizimida amaliyot olib borishlari mumkin. O‘quv-mashg‘ulotlari doirasida montaj programmalar orqali sifatli roliklarni tayyorlash, Toshkent shahridagi diqqatga sazavor joylarda rolik olish bo‘yicha ham bilimlar bilan o‘rtoqlash rejalashtirilgan.

Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Men OʻzXDPni tanladim Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish