Bolalarga bering dunyoni

 

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan O‘zXDP Jizzax shahar kengashi va partiya deputatlik guruhi a’zolari tashabbusi bilan “Bolalarga bering dunyoni” shiori ostida viloyat bolalar shifoxonasida bayram tadbiri tashkil qilindi.

Shifo maskanida davolanayotgan kichkintoylarga partiya guruhi a’zolari H.Negmatova. J.Murodov va B.Toshpo‘latovlar tomonidan bayram sovg‘alari topshirildi. Tadbir so‘ngida shifo maskani bosh shifokori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a’zosi H.Alimova, partiya va partiyadan saylangan deputatlar tomonidan uzoq yillardan beri ana shunday e’tibor va mehribonlik ko‘rsatib kelinayotganligini e’tirof etib, samimiy minnatdorligini izhor etdi.

Deputatlar shuningdek, “Znayka” maktabgacha ta’lim muassasasiga ham tashrif buyurib, bu yerda tarbiyalanayotgan kichkintoylarga ham bayram sovg‘alari ulashishdi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish