Sog‘lom ona – sog‘lom oila

O‘zbekiston XDP Bandixon tuman kengashi raisi, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati I.Xalmatov tomonidan tumanidagi "Polvontosh" mahallasida joylashgan 7-sonli umumta’lim maktabida malakali mutaxassislar ishtirokida chuqurlashtirilgan bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
"Sog‘lom ona – sog‘lom oila" loyihasi doirasida o‘tkazilgan ko‘rik jarayonida mahalladagi 30 dan ziyod oilalar bepul shifokor nazoratidan o‘tkazildi. Shifokorlar hamda deputat bilan muloqot vaqtida fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.