Bilimdonlar aniqlanmoqda

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tomonidan turli mavzularda qiziqarli loyihalar o‘tkazib kelinmoqda. “Yosh siyosatchi” ko‘rik-tanlovi shular jumlasidan bo‘lib, kuni kecha Namangan viloyat bosqichida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

Namangan Davlat Universiteti tadbirlar zalida bo‘lib o‘tgan tanlovda shahar va tuman bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 10 nafar iqtidorli yigit-qizlar ishtirok etdi.

Bu galgi ishtirokchilar iste’dodi, bilimi va topqirligi bilan avvalgi yillardagidan-da yetuk va salohiyatli ekani yaqqol ko‘zga tashlandi. Shuning uchun ham g‘olibni aniqlash hakamlarga oson bo‘lmadi. 3 ta tumanning bilimli yoshlari to‘plagan ballari bir xil natija ko‘rsatdi va hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan qo‘shimcha savollar berilib, g‘oliblar aniqlandi.

Belgilangan shartlar bo‘yicha eng yuqori ball to‘plashga muvaffaq bo‘lgan Norin tumani vakili Shoira Hasanova tanlovning mutloq g‘olibligini qo‘lga kiritdi. G‘olib va sovrindorlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Ko‘rik-tanlov yakunida 5 nafar yoshlarga partiyaga a’zolik guvohnomalari berildi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Men OʻzXDPni tanladim Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish