O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Buxoro viloyat kengashi tomonidan “Siyosatchi ayol” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Ko‘rik-tanlovni O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Buxoro viloyat kengashi raisi Z.N.To‘yyeva kirish so‘zi bilan ochib, barcha ishtirokchilarga samimiy tilaklar bildirib, omad tiladi. Tanlov qoidalariga muvofiq, qatnashchilar 3 shart bo‘yicha o‘z bilimlarini yana bir sinovdan o‘tkazishdi.
Qizg‘in va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgan ko‘rik-tanlov yakunlariga binoan birinchi o‘rinni G‘ijduvon tumani Pedagogika kolleji o‘qituvchisi Rahimova Sitora Valijonovna, ikkinchi o‘rinni Shofirkon tuman 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi Gulxayo Xayrullayeva, uchinchi o‘rinni Romitan tuman agrotexnologiyalar texnikumi o‘qituvchisi Dildora Salomova egalladi.
G‘oliblar partiyaning Buxoro viloyat kengashi tomonidan tayyorlangan diplom va sovg‘alar bilan taqdirlandi.